Umra savol-javoblar — hujjat, viza, mahram | Centrum Asosiy kontentga oʻtish
Savollar va javoblar

Eng koʻp beriladigan savollar

Umra safari haqida eng koʻp beriladigan savollarga aniq javoblar

Savol-javoblar

Umraga borish uchun nima kerak?

Pasport (6 oydan ko'p amal qiluvchi) va 2 ta rasm. Vizani, sug'urtani, aviabiletni biz tayyorlaymiz.

Pasport muddati 6 oydan kam bo'lsa nima qilish kerak?

Saudiya 6 oydan kam pasportni qabul qilmaydi — yangilash kerak. Yangi pasport 7-14 ish kunida tayyor.

Umra necha kun davom etadi?

Standart — 14 kun (Madinada 3, Makkada 11 kun). Komfort — 14 kun (Madinada 4, Makkada 10 kun). VIP — individual, moslashuvchan muddat.

Umra qachon borgan yaxshi?

Eng arzon — oktyabr-fevral (havosi salqin, olomon kam). Eng qimmat — Ramazon va Hajdan keyingi oylar (lekin savobliroq). Qishda Toshkent → Jidda parvoz 30-40% arzonroq.

Umra qancha turadi?

Standart — $1,200 dan, Komfort — $1,350 dan, VIP — talabga koʻra (narx menejer orqali). Aniq narxni menejer tasdiqlaydi. Telefon raqamingizni qoldiring — 15 daqiqada qaytib qo'ng'iroq qilamiz.

Bo'lib-bo'lib to'lash mumkinmi?

Toʻlov shartlari ofisimizga tashrif buyurganingizda menejerimiz batafsil tushuntiradi.

Mehmonxonadan Haramgacha qancha?

Standart: Summam Saray Hotel yoki Rizq Palace Hotel Makkah (Haramgacha ~1,5 km, bepul shuttle avtobus bilan). Komfort: Poinciana Hotel Makkah — Haramgacha mashinada ~2 daqiqa (shuttle bor). VIP: Haramga 1-liniya 4–5★ — eng yaqin (Kaʼba manzarali xona).

Mehmonxonada o'zbek taomlari bormi?

Halal ovqat 100% kafolat. O'zbek taomlari (palov, somsa, manti) Standart, Komfort va VIP mehmonxonalarda bor.

Kasal bo'lib qolsam nima bo'ladi?

Tibbiy sug'urta har paketga kiradi. VIPda guruh bilan birga tibbiyot xodimi boradi. Mehmonxonalar yonida 24 soat ishlovchi klinikalar — yetib borish 5 daqiqa.

Saudiyada telefon va internet ishlaydimi?

Ha. Aeroportdan SIM karta olish mumkin (STC, Mobily, Zain — $10-20). Mehmonxonalarda Wi-Fi bepul. Telegram, WhatsApp, Instagram bemalol ishlaydi.

Umra qilish uchun nima bilishim kerak?

Tavof, Sa'y, Niyat, Tahallul — asosiy amallar. Sayohatdan oldin gidimiz bepul brifing o'tkazadi — barchasini ko'rsatib o'rgatadi.

Sizda litsenziya bormi?

Ha. UT № 0023 — Din ishlari qo'mitasi bergan Umra litsenziyasi (02.07.2026). Hujjatning asl nusxasi Litsenziya sahifasida; gov.uz rasmiy ro'yxatidan ham tekshirsangiz bo'ladi. Turizm sohasida esa 2018-yildan faoliyat yuritamiz.
Sizning savolingiz

Roʻyxatda yoʻq savol bormi?

Yozib qoldiring — bizning ekspert operatorimiz 5 daqiqada javob beradi.
Anonim emas — telefoningizga qoʻngʻiroq qilamiz.

Operatorimiz sizga 5 daqiqa ichida javob beradi

Qoʻngʻiroq Yozish